Kompaniya Haqida

BIZNING MISSIYAMIZ

Yuqori darajali xolisona konsalting xizmatlari vositasida jamiyatimizdagi axloqiy ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish hamda shaffoflikni oshirish.

KOMPANIYA HAQIDA

Wisdom Advisory - is a firm founded by professionals with many years of practical experience in international audit firms of "Big Four" in Uzbekistan and abroad. Ushbu mutaxassislar malakali konsalting xizmatini ko’rsatuvchi guruhining asosiy a’zolari hisoblanashadilar.

Bizning imkoniyatlarimiz mahalliy ko’nikmalarni xalqaro tajriba bilan uyg’unlashtirgandir. Bizning asosiy mutaxassislarimiz davlat va xususiy korxonalarning maxalliy standartlardan xalqaro standartlarga o’tish jarayonida ishtrok etgan xalqaro tashkilotlarda faoliyat olib borganlar. Bunday tajriba bizga O’zbekistondagi, shuningdek MDH va Yaqin Sharqdagi ishbilarmonlik muhitini batafsil o’rganishga yordam bergan. Shu sababdan, shaffoflik, samaradorlik, ijtimoiy farovonlik hamda institutsional rivojlanish yuzasidan, O’zbekiston hali ham duch kelayotgan muammolarni yaxshi tushunamiz.

Asosiy mutaxassislarimizning afzal jihatlari:

  • Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS) ni tatbiq etish bo’yicha uzoq muddatli xalqaro hamda O’zbekistondagi amaliy ish tajribasi;
  • Muhim xalqaro rivojlanish agentliklari bilan ishlash bo’yicha tajriba;
  • Mahalliy ko’nikmalar nuqtai nazaridan til va madaniyatni yaxshi bilish;
  • O’zbekiston, MDH mamlakatlari va Yaqin Sharq iqtisodiyotining real tarmoqlariga muvofiq ish tajribasi;
  • O’zbekistondagi korxonalar faoliyatiga taalluqli bo’lgan qonunchilik, tartibga solish, moliyaviy va texnik masalalarni chuqur va teran anglash;
  • MHXS va korporativ moliya bo’yicha hisob yutritish tajribasi.