Bizning Xizmatlarimiz

MHXS

MHXS ga o’tish uzoq va mashaqqatli jarayondir. Kompaniyamiz xodimlari O’zbekiston hamda chet ellarda MHXSga o’tish va MHXSga muvofiq moliyaviy hisobot tuzish sohasida korxonalar bilan ishlash bo’yicha ko’p yillik tajribaga ega. O’zbekistondagi ayrim turdagi kompaniyalar uchun MHXSga o’tish qonunchilikning majburiy talabi hisoblanadi, ammo bundan tashqari, bu kompaniya boshqaruviga biznes holati to’g’risida haqiqiy tasavvurga ega bo’lish, boshqaruv hisobini takomillashtirish va moliya bozorlariga kirish imkonini beradi. Bizning xodimlarimiz sizga MHXSning yangi standartlarga qiyinchiliklarsiz o’tish uchun eng yaxshi yondashuvni tanlashda yordam beradi.

Bizning MHXS xizmatlarimiz quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • kompaniyaning MHXSga o’tishga tayyorlik darajasini aniqlash;
  • hisobotni BHMS (Buxgalteriya Hisobining Milliy Standartlari) dan MHXS ga o’tkazish;
  • MHXSga muvofiq hisobotlarni tayyorlash;
  • MHXS talablariga muvofiq hisobotlarni mustaqil ravishda tuzishga o’rgatish;
  • UFRSga muvofiq moliyaviy hisobotlarni mustaqil ravishda tayyorlash bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish;
  • MHXS bo’limi va uning faoliyatini shakllantirishga yordam berish;
  • MHXS hisobotiga ta’sir ko’rsatish nuqtai nazaridan shartnomalarni tahlil qilish;
  • hamda- boshqa xizmatlar.

MHXS YUZASIDAN MURAKKAB MASALALAR BO’YICHA KONSULTATSIYA XIZMATLARI

MHXS talablarini tushunish va talqin qilish har doim ham oson emas. Murakkab moliyaviy jarayonlarni hisobga olish va ularning moliyaviy hisobotga ta’sirini baholashning amaliy masalalari bilan shug’ullanish uchun batafsil tahlil qilish va professional fikr yuritishni talab qiladi. Bizning jamoamiz MHXSni qo’llash sohasidagi murakkab uslubiy masalalarni hal qilishda professional yordam taklif qiladi. Biz murakkab operatsiyalarni hisobga olish va hisobotda aks ettirish bo’yicha amaliy maslahatlar berishga tayyormiz.

HISOB SIYOSATI USLUBIYOTINI ISHLAB CHIQISH

Biz buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot jarayonlarining samaradorligini oshirishga, shuningdek moliyaviy hisobotlarning sifatini oshirishga imkon beradigan metodik hujjatlar, ko’rsatmalar va hisob siyosatini MHXS talablariga muvofiq ravishda ishlab chiqish xizmatlarini taqdim etamiz. Shuningdek, buxgalteriya hisobotining murakkab masalalari bo’yicha MHXS talablariga muvofiq maslahat beramiz.

Biz buxgalteriya hisob siyosati tuzilishini shakllantirishda va buxgalteriya hisobining turli sohalari uchun batafsil uslubiyotni (metodalogiyani) tayyorlashda yordam beramiz. Natijada siz buxgalteriya hisobi va hisobotlar tayyorlash jarayoni samaradorligini oshirishingiz, buxgalteriya hisobining murakkab masalalari bo’yicha maslahat olishingiz va moliyaviy hisobot sifatini oshirishingiz mumkin.

MHXS TALABLARIGA MUVOFIQ BUXGALTERIYA HISOBINI AVTOMATLASHTIRISH BO’YICHA USLUBIY QO’LLAB-QUVVATLASH

Moliyaviy hisobot jarayonlarini avtomatlashtirish, ayniqsa, har xil buxgalteriya tizimlariga ega holding kompaniyalar uchun qiyin vazifa. Bizning jamoamiz buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning turli muammolarini hal qilishda, MHXSga muvofiq avtomatlashtirishda metodik qo’llab-quvvatlash va integratorlar bilan aloqalarni shakllantirishda yordam beradi.

Tizimli yondashuv va ko’p yillik tajribamiz buxgalteriya hisobining murakkab masalalari yechimlarini taklif qilishga va korxonaning buxgalteriya funktsiyasi samaradorligini oshirishga imkon beradi.

Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash jarayonini avtomatlashtirish kompaniyalarga moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun zarur bo’lgan vaqtni qisqartirish, MHXS bo’limi xodimlari vaqtni tejash, xatolarni imkon qadar kamaytirish va boshqa ko’plab muammolarni hal qilishga imkon beradi. Biz sizga moliyaviy hisobotlarni tayyorlash jarayonini avtomatlashtirish uchun turli xil vositalarni tanlash va amalga oshirishda yordam beramiz va bu o’z navbatida funktsionallik hamda qulaylik nuqtai nazaridan sizning talablaringizni eng yuquri darajada qondiradi va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash jarayonini tezroq va samaraliroq qiladi.

TASHQI AUDITORLAR BILAN KONSTRUKTIV VA SAMARALI ISH ALOQASINI YO’LGA QO’YISHDA HOMKORLIK

Ayni paytda O'zbekistondagi ko'plab kompaniyalar MHXSga o'tmoqdalar yoki yaqin muddatda o'tishni reja qilmoqdalar. Yirik korxonalarning moliyaviy hisobotlari xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan tekshirilishi ehtimoli yuqori, masalan, “Katta to'rtlik” kompaniyalari tomonidan. MHXSga o'tish va bunday hisobotlarning birinchi tekshiruvi ko'pincha kompaniyalardan katta vaqt va mehnat talab qiladi. Biz kompaniya va auditorlar o'rtasidagi o'zaro aloqa jarayonini imkon qadar samarali yo’lga qo’yishda yordam beramiz. Shuningdek, agar biz ushbu hisobotlarni tayyorlashda ishtirok etgan bo'lsak, tashqi auditorlar oldida moliyaviy hisobotlarni himoya qilishda ham yordam beramiz.

Bizning xizmatlarimiz quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • tashqi auditorlarning so'rovlarini ko'rib chiqishda yordam berish;
  • tashqi auditorlar tomonidan qilingan tuzatuvchi o'tkazmalarni batafsil tahlil qilish va muhokama qilish;
  • tashqi auditorlar tomonidan aniqlangan ichki nazoratdagi kamchiliklarni muhokama qilish va kompaniya rahbariyatining javoblarini shakllantirishda ko'maklashish;
  • hamda moliyaviy hisobotlar loyihasini ko'rib chiqish va rahbariyat bilan muhokama qilish.

MHXS STANDARTLARINI QO’LLANISHI BO’YICHA KORPORATIV SEMINAR VA MASHG’ULOTLARNI O’TKAZISH

Biz MHXSni qo'llash bo'yicha korporativ seminar va mashg’ulotlar o'tkazamiz. Ushbu tadbirlar davomida biz sizning jamoangizga standartlar asosidagi tamoyillarni va kompaniyaning MHXSga o'tishidan keyingi natijalarni tushunishda yordam beramiz. Biz sizning jamoangiz uchun MHXS tamoyillarini tushunish uchun ham nazariy, ham o'tish jarayoni bo'yicha amaliy qismni o’z ichiga oluvchi sizning jamoangizga xos o'quv dasturini ishlab chiqishga tayyormiz.

Sizga ochiq va korporativ shaklda tegishli dastur va o'quv shaklini tanlashda yordam beramiz. Ochiq formatdagi treninglar oldindan e'lon qilingan jadval asosida o'tkaziladi va keng doiradagi tinglovchilar uchun mo'ljallangan bo'ladi. Korporativ treninglar mijoz uchun qulay sana va vaqtda, biznesning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan kompaniyaga xos dastur bo'yicha o'tkazilishi mumkin.

Bizning malaka oshirish dasturlarimiz - yangi bilim va ko'nikmalarni egallash uchun asos, shuningdek, professional aloqalar doirasini kengaytirish, tajriba almashish va hamkasblar bilan dolzarb muammolarni muhokama qilish uchun imkoniyatdir. Bizning murabbiylarimiz yirik loyihalarda ishtirok etgan MHXS amaliyotchilaridir. Mashg’ulotlar davomida murabbiylarimiz tinglovchilar bilan o'z tajribalariga asoslangan xulosalari bilan yondashishadi, o'quv mavzusi bo'yicha qo'shimcha savollarga javob berishadi va tinglovchilarning mashg'ulotlardan so'ng paydo bo'lgan savollarini individual ravishda muhokama qilishga yordam berishadi.

PROGRAM FOR OBTAINING ACCA DIPLOMA "DipIFR" IN RUSSIAN LANGUAGE

ACCA DipIFR-Rus - Xalqaro moliyaviy hisobot bo'yicha Diplom, buxgalterlar, auditorlar, moliyaviy hisobotlarni MHXSga muvofiq tayyorlash bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lishni va ACCA tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan mutaxassis bo’lishni istaganlar uchun ishlab chiqilgan.

Bizning dasturimiz xalqaro standartlar asosidagi asosiy tushunchalar va printsiplarni tushunishga yordam beradi, shuningdek, MHXSni amalda qo'llash ko'nikmalarini beradi. Biz kunduzgi mashg'ulot formatini taklif qilamiz, tugagandan so'ng barcha ishtirokchilar "Wisdom Advisory" MChJ tomonidan o'quv kursini tugatganligi to'g'risida sertifikat olishadi.

Uch soatlik yozma imtihonni muvaffaqiyatli topshirgandan so'ng, ishtirokchilar xalqaro diplomni (ACCA DipIFR sertifikati) oladi. ACCA xalqaro to'liq malakasini olish uchun qo'shimcha ro'yxatdan o'tgandan so'ng, DipIFR-Rus egalari Moliyaviy hisobot imtihonidan ozod qilinadilar.

BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISH

Biz mijozlarimizga buxgalteriya hisobini yuritish, moliya va soliq hisobotlarini tayyorlash xizmatlarini taklif etamiz. Shuningdek, jamoamiz kompaniyangizning moliyaviy xizmati vazifalarini ham o'z zimmasiga olishi mumkin.